«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten Ispaniya kubogi chorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Atletik»ga qarshi o'yin (0:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.O'yin haqida«Futbolda faoliyat yuritgan davrimda har yili shunday vaziyatlar bo'ladiki, undan sen bitta zarba bilan urishing mumkin, ba'zida esa 10ta zarba berib birorta gol ura olmaysan. Bilmadim, bu ruhlanishmi yoki o'zimizga bo'lgan ishonchmi? Shunday narsalar borki, uni murabbiylar ham, futbolchilar ham nazorat qila olishmaydi. Bu ulardan biri.Natijadan boshqa hammasi yaxshi bo'ldi. Musobaqadan chiqib ketganimiz alamli, lekin biz o'z o'yinimizni yaxshilab boryapmiz. Qiyin o'yinda men ko'p muhim vaziyatlarga ahamiyatga berdim».Simulyatsiya uchun de Yongga berilgan ogohlantirish haqida«Frenki de Yong bilan bog'liq vaziyatni ko'rmay qoldim. Menga aytishlaricha, bu yaqqol fol edi, lekin men hakamlar qarorini muhokama qilmayman», – dedi Seten.
7-Fevral 2020,09:00