Yakshanba o'tdi. Stsenariylari tutash o'yinlar:"PSJ" - "Lion", "Inter" - "Milan","Betis" - "Barselona".Hammasida yutqaziqdagi klublar ikkitadan gol kiritishdi. Biroq, barchasida turlicha taqdir. "Lion" kuchli raqibi uchta urib bo'lgach ana shu ikki to'piga kuch topa bilgan bo'lsa, Milan derbisida shahar bilan nomdosh klub tanaffusga mutlaq hokim holda chiqib ketgandi. Ikkinchi bo'limda "ajdar"ni mahf etgan "ritsar" to'rtta gol yo'llashga, superkambek qilishga muvaffaq bo'ldi. Bu ajoyib g'alaba "Inter"ni peshqadamga aylantirdi. Nihoyat Konte yigitlari "Yuve"ga etib olishdi.Sevilyada esa "Betis" sobiq murabbiyini qarshi oldi va sal bo'lmasa syurpriz taqdim etishi mumkin edi. Ammo raqib tarkibida gol urmasa ham o'yin taqdirini hal qiluvchi Messi borligidan "Betis" vaziyatni to'g'ri tushundi. 3:2 - Barsa og'ir kambekidan so'ng "Osasusa"ni o'ynab-kulib enggan "Real"ni quvishda davom etmoqda. Farq uch ochko hamon.Hafta yakuni shunday kechdi. Hali bu APLning muhim o'yinlarisiz. Endi tasavvur qilavering, yangi boshlangan haftamiz qay tarzda futbol uik-endini taklif etadi?!Yangi haftangiz mazmunli o'tsin, vatandoshlar!Xayrulla Hamidov.
10-Fevral 2020,11:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0