Xakerlar 15 fevral, shanba kuni «Barselona»ning Tvitterdagi sahifasini buzishdi.OurMine xakerlar guruhi "ko'k-anorranglilar" sahifalari uchun mo'ljallangan parollarni o'g'irlab, bir nechta xabarlar qoldirishdi. «Barsa» ikkinchi marta ushbu guruh qurboniga aylandi, 2017 yilda ular klub Tvitterini buzishgandi.«Salom, biz OurMine. Biz bir nechta shaxsiy yozishmalarni o'qidik. Neymar bu erga qaytadiganga o'xshaydi», – deya yozishdi xakerlar jamoaning bir nechta sahifasiga, jumladan, klubning ayollar jamoasi sahifasiga.«Barselona»ning arab tilidagi sahifasiga esa xakerlar #Bartomeuout («Bartomeu – ket») xeshtegini qoldirdi. «Barselona»ning tvitterdagi sahifasi buzilgan, shuning uchun begona xabarlar paydo bo'ldi. Ular hozirda o'chirildi, tvitlar ma'lumotlarni tahlil qilishga mo'ljallangan tashqi vositalar yordamida yozilgan.«Barselona» kiberxavfsizlik nuqtai nazaridan audit o'tkazadi. Bunday ko'ngilsiz hodisalardan ehtiyot bo'lishga hamda klub a'zolari va muxlislarga eng yaxshi xizmatni ko'rsatishga harakat qilamiz.Yuzaga kelgan har qanday noqulaylik uchun biz uzr so'raymiz», – deyiladi «Barselona» klubi bayonotida.
16-Fevral 2020,07:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0