Ispaniyaning "Leganes" klubi bosh direktori Martin Ortega jamoa hujumchisi Martin Breytueytni "Barselona" klubiga o'tishi borasida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar Dembele va Suareslarning jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqanliklari sababli, yangi hujumchi sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishgandi.
"Klubimiz muzokara olib borishni xohlamagan edi, shu bois tovon puliga murojaat qilindi.
Bu holat bizga juda katta zarar etkazdi. Biz o'yinchisi jarohat olganligi sababli, boshqa klub hisobiga muammolarini hal qilganliklari haqidagi vaziyatni qabul qila olmaymiz.
Biz amaldagi normalar adolatsiz ekanligiga ishonamiz. "Barselona" bundan faqat yutdi, "Leganes" esa jabrlangan bo'lib chiqdi", - dedi Ortega.
28 yoshli daniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan 2024 yilning yozigacha shartnoma imzoladi va tovon pulini 300 million qilib belgiladi. Ushbu transfer uchun “Barselona” “Leganes” hisob raqamiga 18 million evro o'tkazib berdi.
20-Fevral 2020,18:20