«Barselona» klubi Ispaniya chempionatining 25-turidan o'rin olgan «Eybar»ga qarshi o'yinda yirik hisobda (5:0) g'alaba qozondi. Kataloniyaliklar sardori Lionel Messi bugungi o'yinda 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.Argentinalik futbolchi uchun bu Ispaniya La ligasi doirasidagi beshinchi "poker" bo'ldi. Avvalroq u 2017/18, 2012/13 va 2011/12 (ikki marta) mavsumlarda "poker"ni rasmiylashtirgan edi.Jurnalist Pedro Martin tarqatgan xabarga ko'ra, Messi «Barselona» futbolchilari orasida bitta o'yinda 4ta gol urish bo'yicha birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Kataloniyaliklarning sobiq hujumchisi Sesar Rodriges faoliyati davomida 4 marta "poker"ga erishgan.Lionel Messining faoliyatidagi "xet-trik"lar soni esa 54taga etdi. Ularning 36tasiga hujumchi Ispaniya chempionatida erishgan. La ligadagi "xet-trik"lar bo'yicha ikkinchi ko'rsatkich Krishtianu Ronalduga tegishli (34ta).
22-Fevral 2020,22:40