O'tkazib yubormang: bugun “qizillar jangi”
Bugun Angliya Premer ligasi navbatdagi turidan o'rin olgan markaziy o'yin bo'lib o'tadi. Ha, agar siz futbolga qiziqsangiz, topdingiz: “qizillar jangi”.
“Liverpul” klubi “qizillar” deya atalishidan xabaringiz bor, “Manchester Yunayted” esa “qizil iblislar”. Ikkala jamoaning ham asosiy libosi qizil rangda. Shu bois bugungi o'yinni “qizillar jangi” deb atashga qaror qildik. Qolaversa, bu ramziy ma'noda ham o'zini oqlaydi, jang qanchalik shiddatli bo'lsa, shuncha ko'p qon to'kiladi. Bugun ham maydon ko'chma ma'noda, ramziy ma'noda “qizilga burkanadi”, degan umiddamiz.
Vaziyatga real yondashadigan bo'lsak, bugungi “Liverpul” bugungi “Manchester Yunayted”dan har jabhada kuchli. Hatto tarkib jihatdan ham. Odatda, “MYu” safida yulduzlarni ko'rishga o'rganganmiz, lekin bugungi “MYu” fabrikasi bu jihati bilan maqtana olmaydi. Axir qanday ham maqtansin asosiy figura — Ser Aleks Fergyuson endi jamoada yo'q.
“Manchester Yunayted” “qizillar”ga qarshi o'yindan oldin bir jihatdan ustunlikka ega edi, ya'ni darvozabon. Chunki, xabaringiz bor, Alisson hali jarohatidan to'liq tiklanmagan va “Liverpul” darvozasini ikkinchi posbon Adrian qo'riqlayotgandi. De Xe esa Adriandan ancha tajribali. Biroq FIFA kunlari doirasidagi o'yinlarda De Xea ham jarohat oldi va “MYu” endi ikkinchi posbon — Serxio Romeroga murojaat qiladi. To'g'ri, Romero ham Adriandan tajribaliroq, ammo unda o'yin amaliyoti juda kam. Qolaversa, bugun Bekker ham maydonga tushsa, unda bu chiziqda ustunlik yaqqol “Liverpul” tarafda bo'ladi.
“MYu”ning kamchiligi shundaki, klub safida van Deykdek devor yo'q, Manedek etakchi yo'q, Salohdek ijrochi yo'q. Ko'pchilik jarohatda. Jarohatdan tiklanganlari esa baribir yuqori darajada o'ynay olmasligi mumkin.
Bugun Sulsherni o'zining aqli va tajribasi qutqarib qolishi mumkin. Ya'ni agar a “Liverpul”ning o'yinlarini kuzatib, Yurgen Klopp shogirdlarining kamchiliklarini va bu kamchiliklardan qanday foydalana olish yo'lini topa olgan bo'lsa, kerakli natijaga erishishi mumkin. Bu tezkor qarshi hujum, aniq zarbalar, kutilmagan qarorlar va yana biz bilmagan bir qancha usullar...
“Liverpul” bugun katta ehtimol bilan birinchi raqam ostida o'ynaydi. Aslida, qizillar har bir o'yinda hujumkor o'ynashadi, ustunlikka ega bo'lishga intilishadi. Sulsher jamoasi esa bir necha bor ikkinchi raqam ostida o'ynab ko'rdi. Himoyaviy taktika bugungi “qizil iblislar”ga to'g'ri kelmaydi, sababi himoyada muammolar etarlicha. Ayniqsa, “qizillar”ga qarshi himoyaviy taktikaga tayanib o'ynash juda qiyin. Hujumkor o'ynash esa undan-da mushkul. Unda nima qilish kerak, deysizmi? Bilmadim. “Manchester Yunayted” muxlislari bugun shotlandiyalik mutaxassis ana shu chigal vaziyatga munosib echim topa olishiga ishonishyapti.
Agar bugun Klopp zafar quchsa, APLda rekord o'rnatadi. Mavsum boshidan beri germaniyalik mutaxassis faqat g'alaba qozonmoqda. Bugungi g'alaba bilan (agar shunday bo'lsa), Klopp Gvardiola, Mourino va Sulsherning rekordini yangilaydi. Qiziq holat, shundaymi? Qaysidir ma'noda bugun Klopp va Sulsher o'rtasida rekord uchun ham jang boradi. Klopp Sulsherning rekordini aynan Sulsherning o'zini engib yangilaydi yoki Sulsher Kloppni to'xtatib, Gvardiola va Mourinoning duosini oladi.
Bugungi o'yinni o'tkazib yubormang. Umid qilamizki, markaziy o'yin o'z maqomini oqlaydi.
Stephan_El_Shaarawy
20-Oktyabr 2019,18:52
20-Oktyabr 2019,18:52
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30189/+15)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)