Ertaga "El-Klasiko"!
La Liga so‘nggi turida peshqadamlikni «Barselona»ga topshirib qo‘ygan «Real»da yana 1-o‘ringa qaytish imkoniyati bor. Buning uchun Madrid klubi Kataloniya jamoasiga qarshi o‘yinda 3 yillik noxush an’anani buzishi kerak.
Zineddin Zidan shogirdlari ashaddiy raqibini 2017 yildan buyon «Santyago Bernabeu»da mag‘lub eta olmayapti. Bu safargi bahs oldidan ikki jamoada ham yo‘qotishlar yetarlicha. Beyl, Azar singari futbolchilar jarohat bois «Real»ga yordam bera olmasa, Suares, Dembele kabi hujumchilar «Barsa»ga yordam bera olishmaydi. Ammo Messining so‘nggi turdagi pokeri Madrid himoyasini sergaklikka tortishi aniq.
Ikki tomonga ham oson bo‘lmaydigan uchrashuvdagi g‘alaba jamoalardan birining chempionlik uchun kurashda favoritga aylantirishi mumkin. ECHL nimchorak finali doirasida «Real» Madridda Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti»ga mag‘lub bo‘lgach, Zidan besh kun ichida futbolchilarini «El-Klasiko»ga har tomonlama tayyorlashi talab etiladi.
O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
"Barselona" – "Real" – 0:0
"Real" –"Barselona"– 0:1
"Barselona"– "Real" – 5:1
"Barselona" – "Real" – 2:2
"Real" –"Barselona"– 0:3
Ispaniya La Ligasi. 26-tur.
1 mart (yakshanba)
"REAL MADRID" - "BARSELONA"
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
Coutinho_14
29-Fevral 2020,09:41
29-Fevral 2020,09:41
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30181/+25)
UzFIFA Yangiliklari (21.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (21.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
09:20
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)