"Barselona" "Inter" hujumchisi, oldin "Manchester Siti" bilan yaxshi aloqada bo'lgan o'yinchi - Lautaro Martinesga yiliga 7 million yevro miqdoridagi shartnoma taklif qilmoqda, deb xabar beradi "FCInterNews" "Sport Witness" nashriga tayanib.
"FCInterNews"ning qayd etishicha, "Barselona" o'yinchini qo'lga kiritish uchun "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi grandlarning jiddiy qarshiligiga uchrashi kutilmoqda. Ammo, tomonlarning hech biri hozircha futbolchi bilan kelishuvga erisholgani yo'q.
Martines ushbu mavsumda Romelu Lukaku bilan birgalikda "Inter"ning oldingi chizig'idagi ajoyib harakatlari bilan barchaning e'tiborini tortmoqda.
Ayni paytda "A Seriya"da uning 11 ta goli bor. Hujumchining "Chempionlar Ligasi" guruh bosqichidagi "Barselona" va "Borussiya Dortmund" qarshi 5 ta goli esa Argentina terma jamoasi ustozining e'tiboriga tushishga yetarli bo'ldi.
Martinesni o'z tarkibida ko'rishni istagan jamoa shubhasiz, "Inter" hisobiga mo'maygina mullajiringni o'tkazishi talab etiladi. Shubhasiz, bu summani o'tgan yili "Manchester Siti" Rodri uchun to'lagan £62.8 millionlik rekord summani ortda qoldirishi talab etiladi.
Martinesning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi va transfer bozordagi bir qator yirik klublarning qiziqishi sababli hujumchi uchun qo'yiladigan summa yanada oshsa ajab emas.
©️"FCInterNews"
4-Mart 2020,09:15