«Inter» klubi rahbariyati hujum Lautaro Martinesning transferi borasida «Barselona» muzokara boshlashga tayyor, agar kataloniyaliklar ba'zi futbolchilarni "neradzurri" safiga qo'yib yuborishga rozi bo'lsa. "Mundo Deportivo" nashri "Tuttosport"ga asoslanib xabar tarqatishicha, milanliklar yarim himoyachi Artur, hozirda «Shalke»da ijara asosida o'ynayotgan himoyachi Jan-Kler Todibo, «Betis»ga ijaraga berilgan Karles Alenyani olishni istashmoqda. Avvalroq «Inter» «ko'k-anorranglilar» yarim himoyachisi Arturo Vidalni qo'lga kiritishni istayotgani haqida xabar tarqatilgan edi.Bundan tashqari, «Inter» Lautaroning o'rniga boshqa hujumchi qidirishni boshladi. Nomzodlar orasida «Atalanta» forvardi Duvan Sapata va «Chelsi» hujumchisi Olive Jiru tilga olinmoqda.
4-Mart 2020,22:40