"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt futbol tarixidagi eng kuchli o'yinchilar haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. "Men uchun eng yaxshi darvozabon — Peter Shmeyxel. U shunchaki vatandoshim bo'lgani uchun emas. U faoliyati davomida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. Uni futbol tarixidagi eng yaxshi posbon deb hisoblayman.Himoyachilardan Karles Puyolni tanlayman. Himoyada o'ynab, sen o'z darvozangni qo'riqlash uchun bor kuchingni berasan. U hamisha ishtiyoq bilan to'p tepgan. Shuningdek, u o'z jamoasining haqiqiy etakchisi edi.Yarim himoyachilar orasidan esa Zayniddin Zidan tanlashni istardim. U bir futbolchi qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarga ega chiqqan. Mas'uliyatli vaziyatlarda u hamisha hal qiluvchi rolni o'ynardi.Eng yaxshi hujumchi — Ronaldo. U hamisha mening kumirim bo'lgan. u aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirar edi. Unga o'xshagan futbolchini ko'rmaganman", — dedi Breytueyt "Diario Sport" nashriga bergan intervyusida.
4-Mart 2020,00:20