Xabarlarga ko'ra, Kalidu Kulibaly "Napoli"ning "Barselona"ga qarshi ikkinchi o'yinigacha to'liq tayyor bo'lmaydi.
Futbolchi dekabrda "Napolining" "Parma"ga qarshi o'yinida maydonga tushib biroz harakat qilgach, son o'g'rig'i bilan maydonni tark etgandi va o'sha o'yinda "Napoli" 2: 1 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi.
Fevral boshida maydonga qaytgan o'yinchi "Lechche"ga qarshi 90 daqiqalik o'yindan so'ng jarohatini yanada kuchaytirib oldi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, markaziy himoyachi garchi unga tibbiyot hodimlari tomonidan ruxsat berilgan bo'lsa-da, "Barselona"ga qarshi maydonga tushib jarohatini yangilab olishni istamaydi.
"Chempionlar Ligasi"ning "Barselona" bilan 1-1 hisobidagi to'qnashuvi, ehtimol futbolchi uchun kurashayotgan "Manchester Yunayted", "Siti", "Barselona" va "Real" jamoalariga qo'l kelib qolishi ajab emas.
Xabarda aytilishicha, 28 yoshli futbolchi jarohatdan so'ng ilk o'yinini 14-mart kuni SPAL bilan uydagi o'yinda o'tkazishi mumkin.
5-Mart 2020,15:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0