UEFA va Amerikaning "Relevent Sport" kompaniyasi 2021-yil yozida yangi yirik klublar musobaqasini o'tkazish to'g'risida muzokaralar olib borishmoqda.
"Daily Mail"ning ta'kidlashicha, 2013-yildan beri o'tkazib kelinayotgan "Xalqaro chempionlar kubogi" asosida yangi "Yozgi chempionlar ligasi" paydo bo'ladi.
Uyushma rahbariyati yangi musobaqaga rasmiy maqom va raqobatbardosh xarakter berishni xohlamoqda. Musobaqa davomida saralash, guruh bosqichi va pley-off uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ta'kidlanishicha, tanlov loyihasi allaqachon bir "APL"ning bir necha klublari bilan baham ko'rilgan. "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Arsenal", "Liverpul" va "Tottenxem" klublari allaqachon o'zlarining roziligini berishgan. Albatta, mo'maygina daromaddan kim ham quruq qolishni istar edi?
6-Mart 2020,09:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0