"Manchester Siti" va "Real" "Barselona" sotib olmoqchi bo'lgan o'yinchiga haridor bo'lmoqda.
"El Desmarke" xabariga ko'ra, "Manchester Siti", "Real" va "Barselona" yozgi transfer oynasida "Chelsi" dan Billi Gilmurni sotib olishga qiziqishmoqda.
Ispaniya nashrlari xabariga ko'ra, "Barselona" ham, "Madrid" ham "Reynjers"ning sobiq yulduzi shartnoma imzolanishini astoydil ko'rib chiqishmoqda.
"Siti" menejeri Pep Gvardiola esa 18 yoshli yarimhimoyachini ushbu haftada Angliya kubogi doirasidagi Londondagi "Stemford Bridj"da "Liverpul" ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g'alabasidan so'ng "nishonga olgan".
"WhoScored" xabariga ko'ra, seshanba kuni kechqurun Londondagi "Stemford Bridj" da "Liverpul" ga qarshi o'yinda Gilmur bitta muhim to'p uzatishni va 77,6% aniqlik bilan pass uzatishni amalga oshirdi. Ikkita to'pni egallab oldi, 62 ta to'pga teginish ham statistikaga qo'shilgan.
Xabariga ko'ra, ushbu mavsumda shotlandiyalik "Premer-liga"da to'qqiz daqiqa, "Angliya kubogi" doirasidagi ikkita o'yin va AFL kubogi uchun ikkita o'yin o'tkazishga erishgan.
Gilmur endigina "Chelsi"ning asosiy jamoasiga qo'shila boshladi va "ko'klar" o'spirinni yozgi transfer oynasida sotishi ehtimoldan uzoqroq, chunki u kelgusida Frenk Lempardning "yulduz"iga aylanishi mumkin bo'lgan o'yinchi sifatida e'tirof etilmoqda.
7-Mart 2020,16:30