"Daily Report" maʻlumotlariga koʻra, "Barselona" "Inter" oʻyinchisi Lautaro Martinesning yozgi transferlar chogʻida Ispaniyaga koʻchib oʻtishi uchun allaqachon yiliga 16 million funtlik shartnoma tayyorlab qoʻygan.
Vatani Argentinadan Italiyaning Milan shahriga 2018-yil yozida koʻchib oʻtgan "Inter" hujumchisi, aytish mumkinki, ajoyib oʻyinlar koʻrsata boshladi. Bu yil "A Seria"dagi ikkinchi mavsumini oʻtkazayotgan argentinalik 31 oʻyinda 16 gol va 4 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozib qoʻydi va yana bir hujumchi Romelu Lukaku bilan ajoyib tandemni hosil qilishga ulgurdi.
Mish-mishlarga qaraganda, "Barsa"ning yozgi transfer oynasidagi eng asosiy nishonlaridan biri aynan Martines boʻlishi kutilmoqda. "Barselona" sport direktori Erik Abidal ham klubning 22 yoshli hujumchi uchun qiziqishi borligini tasdiqlagan. Buning asosiy sababi sifatida esa keyingi yillarda "Barselona" oʻyinlari uchun oʻzining ijobiy oʻyinlarini koʻrsatib kelayotgan Luis Suaresning 33 yoshga toʻlgani koʻrsatilmoqda.
"Daily Star"ning xabar berishicha, "Inter" futbolchisi uchun 133 millionni qurtdek sanab bergan jamoaga Lautaroni qiyinchiliksiz qoʻyib yuboradi.
Kim biladi, balki yozdan boshlab ushbu rasmdagi ikki oʻyinchi bir jamoada oʻynashni boshlar?
14-Mart 2020,15:45