«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Evropada koronavirus tarqalishi bilan yuzaga kelgan karantin jarayoni haqida o'z fikrini bildirdi.– Odatda darvozabonlar boshqalardan alohida mashg'ulot o'tkazadi. Shunga qaramay, bu jarayon menga g'alati tuyulmoqda. – Uyda shug'ullanayotgan futbolchi. Buni qanday tasavvur qilish mumkin?– Sportchi sifatida jismoniy holatimiz ustida ishlashda davom etishimiz kerak. Kun davomida eng yaxshi natijaga erishish maqsadida ishlayapman. – Klub siz mashg'ulot dasturini taqdim qilganmi?– Ha. Dasturimizga doimiy ravishda o'zgarishlar kiritib boriladi. Keyin esa qanday shug'ullanganimizni tekshirishadi. Nimadan boshlab, nima bilan tugatish kerakligini klub aytadi.– Karantindagi hayot qanday?– Xotinim, o'g'lim va men — uch kishi uyda o'tiribmiz.
21-Mart 2020,08:10