"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu koronavirus pandemiyasi tufayli jamoa futbolchilarining maoshi pasayishi haqida izoh berdi.Avvalroq, "Barselona" sardori Lionel Messi klub inqirozdan omon qolishi va xodimlarga to'liq maoshni to'lashi uchun futbolchilar 70 foizga kamroq pul olishga tayyor ekanliklarini aytgandi."Biz bu haqda gaplashishni boshlaganimizda, Messi darhol ish haqini kamaytirish kerakligini aytdi. Bu bilan futbolchilar klubga bo'lgan sadoqatlarini namoyish etdilar.Agar biz ish haqini kamaytirmasak, mas'uliyatsizlikka yo'l qo'ygan bo'lamiz. Endi vaziyat qiyin, shuning uchun klubni himoya qilish yo'lida barcha choralarni ko'rish kerak."Barselona" hech narsani xavf ostiga qo'ymadi. Daromadlar kamaygani sababli biz xarajatlarni optimallashtirishimiz kerak edi», – deydi Bartomeu.
30-Mart 2020,01:20