O‘tgan mavsumda “Barselona”ning eng qimmatbaho transferlaridan biri bo‘lgan Antuan Grizmann yozgi transfer oynasida klubni tark etishi kutilmoqda. Bu haqda "Sky Sports" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” “PSJ”dan braziliyalik hujumchi Neymarni qaytarish uchun fransiyalik hujumchi Antuan Grizmanni Parij klubiga taklif qilmoqchi. Kataloniya klubi “PSJ” o‘z yetakchisini 150 million yevroga sotishiga umid qilmoqda. Shunday bo‘lgan taqdirda, ispanlar Fransiya klubiga 100 million yevro bahosidagi Grizmann va yana 50 million yevro to‘lash taklifini tayyorlamoqda.
Nashrning qayd etishicha, “PSJ” Grizmann variantidan voz kechsa, “Barselona” fransiyalik futbolchini boshqa xaridorga 100 million yevro narxda sotish masalasini ko‘rib chiqadi. Neymarning Kataloniya klubiga qaytishi aynan Grizmanning transferiga bog‘liq bo‘ladi.
Maʼlumot uchun, oldinroq “Barselona” koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duchor bo‘lib, futbolchilarning maoshlarini 70 foizga qisqartirgan edi.
Manbaa: tribuna.uz
2-Aprel 2020,19:30