Ispaniyaning "Marca" nashri futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchini aniqlash maqsadida muxlislar o'rtasidagi so'rovnomani o'ziga xos musobaqa tarzda o'tkazdi.Nashr futbol tarixidagi 16 nafar futbolchini tanlab oldi, ularni qur'a natijasida juftliklarga taqsimlagan holda pley-off tarzda musobaqani tashkil etdi. "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" sardori Lionel Messi finalgacha etib kelishdi. Portugaliyalik futbolchi nimchorak finalda Maldinini (73%-27%), chorak finalda Zidanni (56%-44%) va yarim finalda Maradonani (59%-41%) "mag'lub" etdi. Argentinalik futbolchi esa 1/8 final bosqichida Pushkash (78%-22%), chorak finalda Di Stefanoni (70%-30%) katta farq bilan ortda qoldirgan bo'lsa, yarim finalda u braziliyalik Ronaldo ustidan kichik farq bilan g'alaba qozondi — 52%-48%.Krishtianu va Lionel o'rtasidagi final so'rovnomasida Ronaldu 54% (246 ming) ovoz to'plab, g'oliblikni qo'lga kiritdi. Messiga esa 209 ming muxlis ovoz berdi (46%)."Bronza" uchun o'tkazilgan so'rovda esa Ronaldo Maradonani mag'lub etdi — 51%-49%. Braziliyalik sobiq futbolchi chorak finalda afsonaviy Peleni ortda qoldirgani e'tiborga molik.
2-Aprel 2020,20:10