«Barselona» klubi rahbariyati o'yinchilardan maoshlarning yanada ko'proq qisqartirish uchun rozilik so'ramoqchi."As" tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchilar maoshining 70 foizga qisqartirilishi zararni qoplash uchun etarli bo'lmaydi. «Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu klub rahbariyatidan koronavirus pandemiyasi paytidagi jamoa yo'qotadigan zararlari haqidagi hisobotni tayyorlashni so'ragan. Ma'lumotlarga qaraganda, ushbu hisobot may oyida tayyor bo'ladi. Shunda ham jamoaning keyingi daromadlari ko'p omillarga bog'liq bo'lib, ular hozircha mavhum bo'lib turibdi. Mavsum qayta davom ettirilganidan keyin jamoa o'yinlariga muxlislar kiritiladimi yoki yo'qmi, klub do'konlari faoliyatiga ruxsat beriladi va yo'qmi va hokazo.Shuning uchun o'yinchilar maoshlarining 70 foizga qisqartirilgani etarli bo'lmaydi, deya hisoblamoqda «Barselona» rahbariyati. Moliyaviy hisobot tayyor bo'lganidan keyin "ko'k-anorranglilar" futbolchilarga murojaat qilib, maoshlarni yana kamaytirishni so'rashadi.
4-Aprel 2020,15:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0