La Liga prezidenti Xaver Tebas "Inter" klubining sobiq prezidenti Massimo Morattining milanliklar kelajakda "Barselona" hujumchisi Leo Messini qo'lga kiritishi mumkinligi haqidagi fikrlariga o'z munosabatini bildirdi.
- Menimcha, Messining o'tishi A Seriyada yuzaga kelgan katta qarzlar va etarli bo'lmagan daromadlar bilan bog'liq bo'lgan muammoni hal qila olmaydi. A Seriyada qiyin iqtisodiy vaziyat mavjud va muammolarni Messining yordami bilan hal qilib bo'lmaydi. Men Messining La Ligada qolishini xohlayman, biroq, agar u ketadigan bo'lsa, hayot tugab qolmaydi. Ko'pchilik Krishtianu Ronaldusiz La Liga katta pul yo'qotishini aytgan edi, lekin bizning televizion huquqlarni sotishdan tushgan daromadimiz hatto Portugaliyada ham oshdi. Buyuk futbolchilar yordam beradi, ammo ular chempionat uchun muhim emas, — Tebasning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN.
7-Aprel 2020,21:40