Taniqli futbol agenti Shandor Varga Sport24 muxbiri bilan suhbatda «Barselona» hujumchisi Lionel Messini Xitoy klubi sotib olishga uringani haqida aytib berdi. «Messi uchun xitoyliklar 700 million dollar taklif qilishgan. Xitoy chempionati reglamentiga ko'ra, klub legioner futbolchi uchun yana shuncha summani davlat g'aznasiga qo'yishi kerak. Shunda uning narxi taxminan bir yarim milliard dollarga aylanar edi. Nahotki, ular Messining futbolkasini 100 dollardan sotib, ushbu pulni chiqarib olish mumkinligiga ishonishgan edi. Shubham bor.Messining o'zi esa ushbu taklifni tabassum bilan qarshi olib: «Xohlamayman. Bir yilda 100 million yoki 200 million dollar maosh olganim bilan hayot tarzim o'zgarib qolmaydi», deya javob qaytargan edi» — dedi Varga.
8-Aprel 2020,00:10