Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Kike Seten jamoa yarim himoyachisi Ivan Rakitichning ketishi haqida fikr bildirdi.
«Menda Rakitich jamoasini o'zgartirishni o'ylayotgani haqida ma'lumotlar yo'q. Men bu haqda hech narsa ayta olmayman. U shaxsan menga bu borada hech narsa demadi. Men "Barsa" bosh murabbiyi etib tayinlanganimdan keyin Rakitichda maydonga tez-tez tushish imkoniyati tug'ildi. O'ylaymanki, u ko'zini ko'rsatishda davom etish uchun imkoniyatga ega.
Rakitichning "ko'k-anorranglar"lar safida ko'rsatayotgan o'yinidan qisman qoniqyapman. Boshqa hech narsa deya olmayman. Voqealar rivoji qanday davom etishini ko'rish uchun ozgina vaqt kerak. O'ylaymanki, Ivan o'z jamoasini o'zgartirish rejasi bor yoki yo'qligini bilib olamiz», — dedi Kike Seten.
17-Aprel 2020,19:00