“Yuventus” himoyachisi Mehdi Benatiya yaqin vaqtlar ichida jamoaga Xosep Gvardiolaning olib kelinishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:
“Gvardiola murabbiylik va taktik bilim jihatidan men ko‘rgan eng kuchli murabbiy. Ammo uni yaxshi inson deb hisoblamayman. Gvardiola bilan ”Bavariya"da ishlaganman. Uning futbolchilar bilan munosabatlari menga yoqmasdi.
Gvardiola “Yuventus”da ko‘p narsalarni qila olishini bilaman. Ammo Sarri jamoani ajoyib tarzda boshqarmoqda. Uning futbol falsafasi kuchli. Hali-hanuz barcha musobaqalarda g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan paytda murabbiy almashtirish haqida gapirish adolatsizlik", - dedi marokashlik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Benatiya 2013-2017-yillar mobaynida myunxenliklar sharafini himoya qilgan.
17-Aprel 2020,15:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0