“Real” sobiq prezidenti Ramon Kalderon portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”dan “Barselona”ga o‘tishi mumkin bo‘lganini aytdi.
“Krishtianu bilan 2007 va 2008-yillarda muzokaralar olib bordik. Juda qiyin bo‘lgan, chunki ular Ronalduni yo‘qotishni istamasdilar. Ammo futbolchining o‘zi nimani xohlayotganini bilardi. U «Real”ga qo‘shilmoqchi edi.
Aleks Fergyuson Ronaldu bilan xayrlashishni va uni “Real”ga sotishni istamasdi. Chunki biz “MYU”dan ko‘ra ko‘proq sovrinlar yutgandik. Shu sababli ser uni “Barselona”ga taklif qildi.
Kataloniyaliklar xursand bo‘lishdi, ammo Ronaldu “Real” oldidagi majburiyatini tushundi. Shartnoma imzoladik. Agar u vaʼdasida turmasa, 30 mln yevro to‘lashi kerak edi», – deb Kalderonning so‘zlarini keltiradi AS.
Maʼlumot uchun, Ronaldu “Real”ga 2009-yili 94 mln yevro evaziga o‘tgan.
Manbaa: tribuna.uz
18-Aprel 2020,14:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0