"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten har qanday shartlar asosida "Barselona"ni boshqarishga tayyor bo'lganini aytib o'tdi."Umid qilamiz, vaqti kelib Xavi "Barselona"ni boshqaradi. U buni eplay oladi. Men uning o'yinlaridan hayratlanganman. Agar unga joy bo'shatish uchun klubdan ketishimga to'g'ri kelsa, muammosiz buni bajara olaman. Murabbiylik taqdiri shundan iborat.Men Misr terma jamoasini boshqarish uchun yo'l olmoqchi edim. Ammo menga "Barselona"dan qo'ng'iroq qilib qolishdi. Men "Barselona"ni deyarli bepul boshqarishga tayyor edim. Tekin emasu, har qanday shartga rozi bo'lgan bo'lardim", – dedi Seten.Ma'lumot o'rnida. 61 yoshli mutaxassis ushbu yilning 13 yanvar kuni "Barselona" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Ispaniya chempionatining 27-turidan keyin jamoa "Real"ni 2 ochkoga ortda qoldirgan holda jadvalda peshqadamlik qilmoqda.
19-Aprel 2020,08:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0