«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Kievning «Dinamo»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. «O'yinni yaxshi boshladik va oldinga chiqib oldik. Keyin esa ikkinchi golni urdik, lekin o'yin nazoratini qo'ldan chiqardik. Mark-Andre ter Shtegenning ajoyib o'yini evaziga boshqa gol o'tkazmadik. Bugun to'psiz yomon o'ynadik.Pressing qilayotganda bunda butun jamoa ishtirok etishi kerak. Aks holda bo'sh hududlar yuzaga keladi. Pressingda ishonchsiz harakat qildik.Umuman olganda, himoyada yaxshi o'ynaymiz, lekin bugun darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Buni muhokama qilamiz va o'yinimizni yaxshilashimiz kerak.Ter Shtegen ajoyib darvozabon. U mashg'ulotda yaxshi ishtirok etadi. Bugun esa uning yaxshi formada ekanini ko'rdik. Biz Chempionlar ligasining 3ta o'yinida g'alaba qozondik. Bu bizni quvontiradi. Lekin o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak, ayniqsa, to'psiz harakat borasida. Bugun yuqori saviyada o'ynashimiz kerak edi», – dedi Kuman.
5-Noyabr 2020,08:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0