Argentinalik sobiq hujumchi Ernan Kresponing fikricha, vatandoshi Lautaro Martinesga hozirgi faoliyatini "Inter" klubida davom ettirishini maslahat bermoqda.
«Lautaroga beradigan maslahatim - uni "Inter"da qolishi tarafdoriman. Uning qolishiga shubha yo'q.
Men uchun o'z pozitsiyam bilan bahslashish juda oson bo'ladi. U Argentinada «Rasing» tarkibida muvaffaqiyatli o'ynay oldi. Keyin u «Inter»ga yo'l oldi va Ikardining soyasida zahirada o'tirdi. U Mauro jamoani tark etgandagina asosiy tarkibdan joy oldi.
Aslida, bu mavsumni Lautaro uchun katta futbolda birinchi mavsum deb atash mumkin. Endi hamma narsani tashlab, "Barsa"ga o'tish befoyda. Ayni paytda argentinalik futbolchiga o'sish kerak. Uch mavsumdan keyin boshqa klubga o'tish haqida o'ylash mumkin», — dedi Ernan Krespo.
21-Aprel 2020,00:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0