ESPN nashri futbol tarixidagi eng janjalli transferlar o'ntaligi e'lon qildi.Ushbu reytingning eng yuqori pog'onasini 1989 yilda «Nant»dan «Reynjers»ga o'tgan hujumchi Mo Jonston egalladi. Bungacha u «Seltik» safida o'ynagan bo'lib, Frantsiyadagi faoliyatidan so'ng aynan o'z klubiga qaytishi kerak edi. Ammo u o'z fikrinini o'zgartirgancha ashaddiy raqib safiga yo'l oldi. Reytingning 2-o'rnini Luish Figu egalladi. Portugaliyalik futbolchi "Barselona" safidan to'ppa-to'g'ri "Real" tarkibiga yo'l oldi hamda kataloniyaliklar muxlislarning keskin nafratiga duchor bo'ldi. Uchinchi o'rin esa Sol Kempbellga berildi. U 2001 yilda «Tottenxem»dan Lodonning boshqa jamoasi — «Arsenal»ga o'tib ketgan edi.ESPN versiyasi bo'yicha eng janjalli transferlar (top-10):1. Mo Jonston – «Nant»dan «Reynjers»ga2. Luish Figu – «Barselona»dan «Real»ga3. Sol Kempbell – «Tottenxem»dan «Arsenal»ga4. Roberto Badjo – «Fiorentina»dan «Yuventus»ga5. Yoxan Kroyff – «Ayaks»dan «Feyenoord»ga6. Eshli Koul – «Arsenal»dan «Chelsi»ga7. Robin van Persi – «Arsenal»dan «Manchester Yunayted»ga8. Jon Robertson – «Nottingem Forest»dan «Derbi Kaunti»ga9. Karlos Teves – «Manchester Yunayted»dan «Manchester Siti»ga10. Jon Obi Mikel – «Manchester Yunayted»dan «Chelsi»ga
27-Aprel 2020,13:30