Kataloniyaning "Barselona" va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rivaldo, kataloniyaliklar Arturni sotishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Barselona" shu yilning yozida Arturni sotishi haqida xabarlar tarqaldi. O'ylaymanki, bu mish-mishlar va Artur klubda uzoq yillar qoladi. Uni Xaviga munosib o'rinbosar sifatida sotib olishgan, shu sababli, u bilan xayrlashish uchun biror jiddiy sabab ko'rmayapman, u endigina 23 yoshga kirdi.
Bundan tashqari, Arturning Neymar bilan aloqaga juda yaxshi va uning sotilishi Neymarni qaytarishga imkoniyat yaratishi mumkin. Albatta, uning ketishi Neymarga bo'lgan qiziqishni pasaytiradi degani emas, chunki, uning klubda ko'plab do'stlari bor. Biroq, Arturni jamoada saqlab qolish kerak va u Neymarni jamoaga qaytarishga ko'ndirishi mumkin", - Rivaldoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
1-May 2020,00:10