Kataloniyaning "Barselona" klubi "Inter" klubi hujumchisi Lautara Martinesni qo'lga kiritish ishlarini olib bormoqda. "Ko'k-anorranglilar" 22 yoshli argentinalik futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolashayotganini ma'lum qilishdi, deya xabar bermoqda Sport.es.
Manbaning yozishiga qaraganda, Lautaro Martines "Barselona"ning transfer bozoridagi asosiy maqsadi bo'lib turibdi, hatto Luis Suares jamoada qoladigan bo'lsa ham. Taxminlarga ko'ra, "Barselona" ikkita markaziy hujumchi bilan o'ynamoqchi yoki Luis Suaresni zahirada olib qolmoqchi.
Avvalroq, Lautaro "Barselona" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ayni paytda "ko'k-anorranglilar" o'z futbolchisi uchun 111 million evro talab qilayotgan "Inter" bilan til topishishga harakat qilmoqda.
8-May 2020,01:30