Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni xohlamoqda, deb yozmoqda «Sport.es».Ta'kidlanishicha, bosniyalik 30 yoshli futbolchi kataloniyaliklardan taklif olgan. Biroz muddat avval esa PSJ va «Manchester Yunayted»dan tushgan takliflarga rad javobini bergan. Miralem ayni chog'da «Yuventus»ning Kataloniya klubi bilan kelishib olishini kutayotgani aytilmoqda.Avvalroq futbolchining «Barselona» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabar qilingandi. Mahalliy nashrlarga ko'ra, koronavirus pandemiyasi sabab vujudga kelgan moliyaviy inqiroz to'g'ridan-to'g'ri transferga xalaqit berishi mumkin. Klublar o'zaro futbolchi almashish variantini ham ko'rib chiqishi kutilmoqda.Pyanich «Yuventus» sharafini 2016 yildan beri himoya qilib keladi. Undan oldin esa «Roma», «Lion» hamda «Metts» klublarida to'p tepgan.
11-May 2020,23:50