2015-yildan 2018-yilgacha "Barsa"ning sport direktori lavozimida ishlagan Robert Fernandes Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli klubni tark etganini aytdi.
Undan klubdagi eng yomon vaqt haqida soʻrashganida: "Chempionlar Ligasi, qolgan barchasini biz qoʻlga kiritdik." deb javob berdi.
"Chempionlar Ligasining birinchi yilida biz "Atletiko"dan, keyin "Yuve"dan va uchinchi marta "Roma"dan magʻlubiyatga uchradik.
"O'yinchilar maydonda juda qattiq ter toʻkishar edi. Men esa menejerlar bilan yaxshi chiqisha olmas edi. "Chempionlar ligasi"dan chiqib ketishimiz shartnomamni yangilamaslikka sabab bo'lgan edi.
"Ammo biz La Ligani, uch marta kubokni, Yevropa Superkubogini yutdik. Albatta, "Barsa" ularning barchasiga munosib.
Eslatib oʻtamiz, jamoa soʻnggi bor Luis Enrike boshchiligida CHLni yutgan edi.
16-May 2020,18:15
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0