Har qanday jamoa ma'lum o'yinchilar evaziga kuchaytirib borilishi zarur. Shu jumladan "Barselona" ham. Quyidagi uch futbolchi "Barsa"ning kuchayishiga ijobiy ta'sir ko'rsata oladi.
1. Ngolo Kante
"Chelsi" yarimhimoyachisi haqidagi mish-mishlar so'nggi bir necha hafta ichida "Barsa" tomonlarda jonlanib qoldi. Maydon o'rtasidagi jismoniy kurash haqida gap ketganda, Kantening Yevropada tengi yo'q ekanligiga hech kim shubha qilmaydi. U nafaqat markazdagi muvozanatni birdek ushlab tura olishi bilan birga, raqiblarning hujumlaridan himoyani ishonchli taʻminlay oladigan oʻz ishining ustasi hisoblanadi.
2. Kevin de Bryuyne
Ayni paytdagi "Barsa" yarim himoyachilar har doim ham oʻzlarining yuz foizlik optimal formalarini koʻrsata olishmasligi bor gap. De Bryuyne esa buni ko'p kuch sarflamasdan hal qila oladigan oʻyinchilar sirasiga kiradi. Oʻz formasini eng mukammal holatda saqlab turgan belgiyalikning Yevropaning ayni paytdagi eng ijodkor yarim himoyachisi ekanligiga shubha yoʻq. Hujumga ham, ximoyaga ham birdek qoʻshila olishi esa uning eng katta yutuqlaridan biri.
3. Bruno Fernandesh
De Bryuyne singari Bruno Fernandesh ham "Barsa" hujumchilarini tashkil qila oladigan oʻyinchilar sarasiga kiradi. Kerak boʻlsa, uning o'zi ham raqib darvozasini xavf ostiga qo'ya oladi. Oʻzining noyob passlari bilan hujum chizigʻi oʻyinchilarini taʻminlab bera oladigan bu hujumchi "MYU"ga boshlagan ilk faoliyatidayoq oʻzining qanday oʻyinchi ekanligini koʻrsatib bera oldi.
Jamoamiz ishqibozlari, bu uch oʻyinchidan qaysi birining "Barsa"ga kelishi jamoa uchun manfaatli boʻladi deb hisoblar edingiz?
19-May 2020,13:30