«Manchester Yunayted» klubi ijara asosida «Bavariya»da to‘p surayotgan «Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino bo‘yicha taklif tayyorlamoqda, deya yozadi Sport.es.
Manbaning yozishicha, ingliz klubi Koutino borasidagi hozirgi vaziyatni kuzatib bormoqda. Kataloniya klubi braziliyalik futbolchini sotishga qaror qilganligi, ammo pandemiya sharoitida bu o‘yinchiga jiddiy takliflar tushmasligini taxmin qilayotgan «Yunayted» o‘z taklifini yubormoqchi. Oldinroq Koutino bilan vaziyatni Angliyaning «Chelsi», «Tottenhem» va «Nyukasl» klublari ham kuzatib borayotganligi aytilgandi.
Ma’lumot uchun, Koutino 2019 yilda 8,5 million yevro evaziga nemis klubiga bir yillik ijaraga berilgandi. Joriy mavsumda 27 yoshli yarimhimoyachi 22 o‘yinda 8ta golga mualliflik qilgan.
Manbaa: tribuna.uz
20-May 2020,15:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0