"Barsa"ning sobiq hujumchisi Maksi Lopez qanday qilib jamoaga kelib qoʻshilgani haqida soʻzlab berdi.
Barselonaga, umuman Yevropaga ilk bor kelganimda, eng kuchli oʻyinchilar orasiga tushib qoldim. Ular meni Ronaldinyo bilan yonma-yon qoʻyishdi.
U menga maydonda ham, maydondan tashqarida ham birdek yordam etar edi. Men uchun jamoaga va yangi shaharga moslashuv ancha qiyin kechdi. U kerak boʻlsa eshigimni tepib kirar, meni mashgʻulotlar maydoniga birgalikda olib ketar edi.
U shuningdek, "soʻyloq"ning Messi bilan ham mana shunday munosabatda boʻlganini, unga ham koʻp yordam bergani haqida fikr bildirdi:
"U har doim samimiy edi. Menga ham, Messiga ham birdek yordam berardi".
Biz hali ham Roni, Rafa Markez, Tiago Motta, Balettilar birgalikda gaplashib turamiz.
Eslatib oʻtamiz, Maksi Lopez "Barsa" uchun ikki yil davomida 19 marta maydonga tushib, ikki gol va uchta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan edi.
22-May 2020,17:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0