Argentinaning «Rasing» klubi prezidenti Viktor Blanko jamoaning sobiq hujumchisi Lautaro Martines «Inter»dan «Barselona»ga o'tishga yaqin turganini ta'kidladi.«Lautaro Martines «Barselona»ga o'tishga juda yaqin turibdi. Ammo u bilan gaplashmaganimga ancha bo'ldi. Ushbu transferdan bizning jamoa qancha ulush olishini hozircha bilmayman. Biroq eng muhimi, futbolchini shakllantirishda bizning ham hissamiz borligidan xursandmiz», — dedi Blanko "Marca" nashriga bergan intervyusida.Lautaro Martines 2018 yilda 25 million evro evaziga «Rasing»dan «Inter»ga o'tgan edi. Kelishuvga ko'ra, o'yinchining keyingi transferidan argentinaliklar ulush olishi ko'zda tutilgan. Lautaro 2019/20 yilgi mavsumda «Inter» safida barcha musobaqalar doirasida 31ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi.
25-May 2020,10:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0