Butun musulmon olamini Ramazon hayiti bayrami shukuhi hali ham tark etgani yo'q. Shu munosabat bilan biz "Barsa"da o'ynagan musulmon o'yinchilarni eslab o'tishga qaror qildik.
Usmon Dembele
Fransuz 2017-yili Ispaniyaga ko'chib o'tganidan so'ng 74 o'yinda maydonga tushib 19 gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Uning jarohatlar bilan "band" bo'lib qolishiga qaramay, Kiki futbolchiga hali ham ishonch bildirmoqda.
Dembele islom dinidagi barcha muqaddas bayramlarni nishonlaydi va ularni o'z ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham ulashadi.
Erik Abidal
Mashhur chap qanot himoyachisi 2007-2013-yillar oralig'ida jamoada to'p surgan va 193 o'yinda maydonga tushgan. Ayni paytda u jamoning sport direktori lavozimida faoliyat yurityapti. 2007-yil islom dinini qabul qilgan Ebidal shunday deydi: "Bu kutulmagan sovg'a kabi edi men uchun. Uni chin ixlos bilan qabul qilganman".
Yaya Ture
Jismonan baquvvat sanalgan Ture 2007-2010 yillar oralig'ida 118 o'yinda maydonga tushib 118 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Kot d'Ivuarlar 2018-yili o'z faoliyatini tugatganini e'lon qilgan. Ture musulmonligi sabab ba'zi hollarda shampan vinosi ichishni rad qilganini ko'p ta'kidlaydi.
Seydu Keyta
Keyta hech qachon "Barselona"ning doimiy o'yinchisi bo'lmagan. Shungaq qaramay 2008-yildan 2012-yilgacha 188 ta o'yinda maydonga tushib 22 ta gol urgan. Keytaning 2018-yilda Mali poytaxti Bamakoda masjid qurishga yordam berganini eslash o'rinli.
Arda Turan
Arta Turonni har bir golidan keyin Allohga sajda qilishi bilan ko'p eslaymiz. U ham "Barsa" safida oz bo'lsada samarali o'yin ko'rsatgan o'yinchilardan biri sifatida tanilgan.
25-May 2020,18:45