Ko'pincha mashxur futbolchilarning farzanlari otasi singari futbolchi bo'lishga intiladi. Bu an'ana tusiga kirib bo'ldi desak, adashmagan bo'lamiz. Xo'sh, ayni damda futbol olamida qaysi mashxur futbolchilarning farzandlari to'p tepmqoda? Stadion.uz shu haqida qisqacha ma'lumot berib o'tadi.Timoti Vea
“Milan” safidagi o'yinlari evaziga 1995-yilda “oltin to'p”ga loyiq ko'rilgan Jorj Vea bugungi kunda Liberiya mamlakati prezidenti ekanligidan xabaringiz bor. O'z vaqtida katta arenalardagi o'yinlari bilan barchani hayratda qoldirgan futbolchining katta o'g'li Timoti Vea ham otasi singari futbolchi bo'lishga qaror qilgan. E'tiborlisi shundaki, u Jorjdan farqli o'laroq, AQSh terma jamoasida sharafini himoya qiladi. 18 yoshli Vealarning kichigi AQSh tarkibida allaqachon 8 ta o'yinda maydonga tushishga ham ulgurdi. Uning klub borasidagi ishlari ham chakki emas. PSJ jamoasi bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, Timoti Parij klubi safida o'z o'rnini topa olmadi. Ayni damda “Lill” klubida faoliyatini davom ettirmoqda.Luka va Entso Zidanlar
Afsonaviy Zayniddin Zidanning o'g'illari futbol olamida otasining o'rnini bosishi taxmin qilingan edi, biroq ularning birortasi hech bo'lmasa o'rtamiyona darajaga ham ko'tarila olmadi. Shunga qaramay, Zidanning yana ikkita o'gli bor va ular ham otasining izidan ketgan. Zidanlarning kattasi bugungi kunda Segundada to'p surmoqda. 20 yoshli Luka Zidan esa hali-hamon “Real”ga tegishli bo'lib, jamoaning Segundadagi yoshlar klubida darvozasini qo'riqlamoqda. 16 Teo va 13 yoshli Eliaslar “Real” akademiyasida tahsil olmoqda. Zayniddinning ulardan umidi juda katta.Jastin Klyuvert
Patrik Klyuvert o'zining 18 yoshida “Ayaks” uchun Evropa chempionlar kubogi finalidagi yagona golni kiritgan edi. Bugun uning 20 yoshli o'g'li Jastin ham katta futbolda shov-shuv ko'tarishga muvaffaq bo'lmoqda. To'g'ri, u otasi singari o'zining ilk finalida gol kiritgani yo'q(“Ayaks” safida Evropa Ligasi final uchrashuvida “Manchester Yunayted”ga mag'lub bo'lgan), biroq o'z texnikasi bilan ko'plab grand jamoalar nazariga tushdi. 2018-yilda “Ayaks”ni “Roma”ga almashtirgan hujumchi allaqachon Gollandiya terma jamoasining asosiy futbolchisi sanaladi.Federiko Keza
“Fiorentin” va Italiya terma jamoasidagi o'yinlari bilan “Yuventus”ning oromini o'g'irlagan Feriko Keza aslida Enriko Kezaning o'g'li ekanligidan xabaringiz bormi? 21 yoshli futbolchining bugungi kundagi transfer narxi 50 million evroga qadar ko'tarildi. To'g'ri, Federiko Enriko darajasiga chiqa olmadi, biroq uning faoliyati ajoy start oldi. Agar hujumchi o'z ustida ishlashda davom etsa, otasidan ham o'zib ketishi hech gap emas.Jordan Larsson
“Manchester Yunayted” va “Barselona” singari super grandlar sharafini himoya qilgan Shvettsiya futboli afsonasining o'g'li ham katta futbolda o'z o'rnini topishga intilmoqda. Otasi singari hujum chizig'ida to'p suruvchi futbolchi terma jamoa sharafini bir nechta o'yinda himoya qilgan bo'lsada, hali klub miqyosida top darajaga chiqa olmadi.
Kristian va Daniel Maldini
“Milan” jamoasining tirik afsonasi Paolo Maldining bir emas ikki o'g'li futbolchi bo'lishga qaror qilgan, biroq ularning ikkisi ham Maldini darajasida hali ancha yiroqda. Otasi singari himoyachilikni tanlagan Kristian Italiyaning “B seriya”sida harakat qilayotgan bo'lsa, uning 17 yoshli ukasi Danielening transfer huquqi “Milan”ga tegishli. U hujum chizig'ida to'p surishga qaror qilgan. Hozircha ishlar havas qilsa arzigulik ko'rinishda emas, lekin umid bor. “Milan” muzlatib qo'yilgan Paoloning raqamini uning farzandlaridan biriga bo'shatib berishga va'da qilgan. Afsuski, bu raqam yaqin 25 yil ichida “Milan”da qoladi shekilli.
31-May 2020,19:40