Ushbu ruknimizdagi eng tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.
1998-yil. Ikki klubning kelajakdagi afsonalari Tonni Xibert va Stiven Jerrard
20 yoshli Yari Litmanen mashhurlikka qadar “Xiek” safuda to'p tepganidan xabaringiz bormi?
20 yoshli Ugo osmonda parvoz qilmoqda. Aynan shu parvozlar sababli uni tez orada “Lion” sotib oladi
Maradona va Platini kiyinish xonasiga ravona bo'lmoqda. Darhaqiqat, bir zamonlar Italiya “A Seriya”si kichik jaxon chempionati deb bejiz ta'riflanmagan…
Bu “Real”ning Galaktikos davridagi asosiy jamoaga kira olmagan futbolchilar. Eto'o, Anelka, Jetap va Elvir Balich.
Zdenek Zeman 17 ta klub bilan ishlagan bo'lsada, unga mashxurlikni faqar Totti olib kelgan. Aynan Zeman 19 yoshli futbolchini klubning asosiy hujumchisiga aylantirgan edi.
Gert Myuller har o'yinga mana shunday kayfiyatda tashrif buyurgan
Zidan do'sti Dyugarri va oila a'zolari bilan birgalikda JCh g'olibligini nisholamoqda
Brazilyaliklarda esa motam
Gvardiola Lui Van Galga nimadir tushuntirishga harakat qilmoqda
Roy Makkay o'z davrida “Deportivo” safida butun Ispaniyani qo'rquvda ushlab turgan hujumchi edi
Ziko Yaponiyada afsonaviy poygachi Airton Senna bilan uchrashib qoldi
2-Iyun 2020,13:20