«PSJ» yarim himoyachisi Anxel Di Mariya 2017 yilda «Barselona»ga o'tishi mumkinligini yodga oldi.«Men Parijda baxtli edim, ammo klubdagi ba'zi insonlar menga shunday narsalarni gapirishgan ediki, bu gaplar yakunda yolg'on bo'lib chiqdi.«Barsa» meni o'z safiga chorladi. Klublar muzokara olib borishdi, ammo «PSJ» meni sotishni istamadi. Shu bilan barchasi yakunlandi.O'sha yolg'on meni qattiq ranjitgan edi, ammo jamoadan ketmaganimga xursand bo'lgandim. Ayni paytda men Parijda baxtliman. Evropadagi faoliyatimni «PSJ»da yakunlashni istayman. Hozir faqat shu haqda o'ylayapman.Bu erda o'zim va oilam baxtli. Ammo nima bo'lishini bilmayman. Biz shartnoma borasida hech qanday muzokara olib bormayapmiz, ammo hozir bu haqda o'ylamayapman. E'tiborimni futbolga qaratishni istayman, qolgani keyin keladi.Chempionlar ligasida yana g'alaba qozonish ajoyib ish bo'lardi. Gap faqat sovrinda emas, klub va uning muxlislariga bo'lgan munosabatda», – dedi Di Marii Goal.com nashriga bergan intervyusida.
6-Iyun 2020,06:00