«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten La liga boshlanishi arafasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.«Messining ahvoli yaxshi, u mavsum qayta boshlanganidan keyin birinchi bahsda maydonga tushishi mumkin.Suares sidqidildan shug'ullanmoqda. U mashg'ulotda o'zini a'lo darajada namoyish etdi. Uning jismoniy tayyorgarligi biz kutgandan ko'ra ham yaxshiroq holatda. To'g'ri, u o'yinni asosiy tarkibda boshlaydimi yoki zaxiradan tushiriladimi, hali bir qarorga kelmadik.Taktik jihatdan biz hech narsani o'zgartirmasak kerak. Shunchaki, tanaffus yuzaga kelgan paytga qadar qilgan ishlarimizni yaxshiroq bajarishimiz kerak. Hozir bosib o'tayotgan yo'limizdan qoniqish hosil qilyapman. Tayyorgarligimizni yaxshilash uchun ko'p narsalarni tahlil qilishga ulgurdik», — dedi Seten Sport.es nashriga bergan intervyusida.Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida «Barselona» 13 iyun kuni «Malorka»ga qarshi mehmonda bahs yuritadi.
8-Iyun 2020,05:30