«Barselona»ning sobiq prezidenti Joan Gaspar yarimhimoyachi Luish Figuning «Real»ga mojaroli transferi haqida gapirdi.
«Figu – xoin. Men «Barselona» prezidenti etib saylanganimda, Figu tunda qo‘ng‘iroq qildi va oldida 2 chipta borligini aytdi – biri Madridga, ikkinchisi Barselonaga. Uning so‘zlariga ko‘ra, agenti «Real» bilan shartnoma tuzgan. Agar Figu ham Madrid klubiga o‘tmasa, agentiga taxminan 3 mln yevro to‘lashga majbur ekan. U «Barselona» o‘sha pulni to‘lasa, jamoada qolishini aytdi. Men rozi bo‘ldim. Figu bank kafolatlagan hujjat so‘radi. Tunda buni qila olmadim, ammo unga majburiyatlarni zimmamizga olishimizga va’da berdim.
Lekin Figu «Real»ga o‘tdi. Bu mening eng yaxshi do‘stim Florentino Peres tomonidan qilingan iflos va makkorona harakat edi», – deb Gasparning so‘zlarini keltiradi Sport.es.
Ma’lumot uchun, Figu 2000 yili «Barselona»dan «Real»ga o‘tgan va «qirollik klubi»da 2005 yilgacha harakat qilgan. U, shuningdek, faoliyati davomida «Inter» va «Sporting»da ham o‘ynagan.
Manbaa: tribuna.uz
9-Iyun 2020,17:45