Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Uesli Sneyderning ta'kidlashicha, uning vatandoshi Frenki De Yong «Barselona» safida Messidan keyin jamoa etakchisiga aylanadi. Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar 2019 yilda De Yongni 75 mln. evro evaziga «Ayaks»dan sotib olishgan.«Gollandiya va «Barselona» hamisha bir-biriga mos tushgan. De Yong eng to'g'ri yo'lni tanladi. Chunki, uning o'yin uslubi Ispaniya va «Barselona» uchun ideal darajada mos tushar edi.De Ligt esa boshqacha yo'l tutdi (Matteys «Yuventus» safiga o'tdi), lekin Frenki hayotidagi eng to'g'ri qarorni qabul qildi. De Yong kelajakni ko'ra oldi. Messi futbolchilik faoliyatini yakunlaganida, Frenki yaqqol etakchiga aylanadi», — dedi Sneyder "The Daily Mail" nashriga bergan intervyusida.
9-Iyun 2020,18:00