«Barselona» yarimhimoyachisi Artur «Yuventus»ga o‘tishga rozilik bersa, moliyaviy jihatdan katta haq oladi.
RAC1’ning xabar berishicha, Turin klubi braziliyalik futbolchiga Kataloniyadagi maoshidan uch barobar ko‘proq mablag‘ taklif qilgan. «Yuventus» ushbu haftada «Barselona» rahbariyati bilan xavbekning transferi masalasida muzokaraga kirishmoqchi.
Oldinroq, «Barselona» Arturni «Yuventus» yarimhimoyachisi Miralem Pyanich bo‘yicha kelishuv shartnomasiga kiritmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi. Futbolchining o‘zi esk dastlab Italiyaga ko‘chib o‘tishni istamagan bo‘lsa, hozirda bu fikridan qaytgan va A Seriya klubiga o‘tishga tayyor.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli yarimhimoyachi joriy mavsumda La Ligada 16 o‘yinda 3ta gol va shuncha golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
Manbaa: tribuna.uz
9-Iyun 2020,19:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0