Niderlandiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Uesli Sneyderning fikricha, Lionel Messi faoliyatini yakunlagach Frenki De Yong «Barselona»ning yangi yetakchisiga aylanadi.
«Niderlandiya milliy jamoasi va «Barselona» klubi o‘yin uslubi avvaldan bir-biriga mos tushgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak hamyurtim De Yong kataloniyaliklar o‘yin uslubiga tezda moslashdi. U o‘zinng o‘yin uslubi Ispaniya chempionati va «Barselona»ga mos kelishini avvaldan bilardi.
Fikrimcha, De Ligt «Yuventus»ga o‘tib boshqa yo‘lni tanladi, Frenki esa hayotdagi eng to‘g‘ri qarorni qabul qildi. Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin De Yong «Barselona»ning haqiqiy yetakchisiga aylanadi», - deya Sneyderning so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.
Ma’lumot uchun, Frenki 2019 yilda «Ayaks»dan 75 million yevro evaziga «Barselona» safiga qo‘shilgandi.
9-Iyun 2020,21:45