"Argentina"ning prezidenti "Barselona"ni "Malyorka"ga qarshi o'yinini ko'rishni maslahat berdi.
"Argentina"da futbol hali boshlanmadi, ammo mamlakat prezidenti vatandoshlarini sevimli o'yinlarining quvonchidan mahrum bo'lmasliklari kerakligini aytdi va Messining o'yinini tomosha qilish uchun "Ispaniya" chempionatini ko'rishni maslahat berdi.
Alberto Fernandes TyC Sports nashriga bergan intervyusida shunday dedi: "Argentina"da futbolining qaytishini kutayotgan ekanmiz, Lionel Messini "Barselona"da tomosha qilishdan qoniqishimiz kerak, bu hafta "Ispaniya" Ligasi qaytadi."
"Barselona" 13 iyun kuni "Malyorka"ga qarshi safar uchrashuvini o'tkazadi. Shu bilan birga, "Argentina" chempionati 2019 yil 26 iyuldan 2020 yil 31 maygacha davom etishi kerak edi, ammo hozirgacha turnirning faqat bitta qismi yakunlandi - Super Liga. "Boka Xuniors" 34-milliy ligasida g'olib chiqdi.
9-Iyun 2020,22:00