«Nyukasl» klubi «Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutino bilan muzokara boshladi. Lekin ko'p narsa "qarg'alar"ning yangi xo'jayin qo'liga o'tishiga bog'liq bo'lib turibdi. APL rahbariyati hozirda jamoaning Saudiya Arabistoni investitsiya jamg'armasiga sotilish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Buyuk Britaniya deputatlari esa ushbu savdoga qarshi chiqishmoqda. «Bavariya» esa Koutinoning transfer huquqini «Barsa»dan sotib olmoqchi emas. «Nyukasl»dan tashqari Filippega «Arsenal», «Tottenxem», «Chelsi», «Everton» va «Inter» klublari tomonidan qiziqishlar borligi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.Koutino 2019/20 yilgi mavsumda «Bavariya» safida barcha musobaqalar doirasida 32ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi. 27 yoshli futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
10-Iyun 2020,13:00