Kike Setien “Leganes” bilan o’yindan so’ng matbuot anjumanida ishtirok etdi
Kike Setien La Liga doirasida 29-tur “Barselona-”“Leganes” o’yinidan so’ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
-“O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Agar siz boshida gol ura olmasangiz, unda hammasi murakkablashadi. Shunday ham bo‘ldi. Yaxshi boshladik, ammo bir nechta imkoniyatlardan foydalana olmadik. Raqibga imkoniyat berdik. Kubok bahsida ham shunday bo‘lgandi, ular gol urishlari mumkin edi. So‘nggi 20 daqiqada biz yana o‘yinni nazorat qildik – raqib yaxshi yopildi va himoyalandi. Bo‘sh joy topish oson bo‘lmadi. Bundan tashqari to‘p bilan yaxshi ishlamadik.”
-“Grizmann? Hujumda o‘ynaydiganlarga oson emas. Raqib jamoa bo‘lib himoyalanayotganda bo‘sh hududni topish uchun juda nozik harakat qilishingiz kerak. Bu oson emas. Grizmann maqtovga loyiq o‘yin namoyish etdi. Gol ham urdi, ammo bekor qilindi.”
-"Biz asosiy tarkibga Ansuni tanladik, chunki uning mashg'ulotlarda juda yaxshi ishtirok etganini ko'rdik va haqiqatan ham u juda yaxshi formada. Unga ayrim narsalar yetishmayabti, lekin avvalambor, doimiy mustahkamlikka egaligi meni hursand qiladi. Biz unga doimiy g'amxo'rlik qilishimiz kerak."
-"Ansu Fati almashtirilishi? U bir muncha vaqt noqulaylikdan, ya’ni kichik jarohatlardan qiynaldi va jamoadoshlari bilan bir xil sur'atda mashq qila olmadi. U dastlabki 45 daqiqada juda yaxshi o'ynadi ".
-"Ayni paytda biz jamoa bajargan ishlarni boshqarganimizdan mamnunmiz. Maqsad bitta, bu barcha futbolchilar bilan mavsumni eng yaxshi sharoitda o'tkazish."
-"Kamp Nou bo'shligi? Bu butunlay boshqacha. Bu futbol mohiyatining muhim qismini yo'qotishdir."
-“To‘p bilan yaxshiroq ishlasak va o‘ta yopilib olmaydigan raqiblar bilan o‘ynasak, bundan-da muvaffaqiyatli o‘ynashimiz mumkin.”
Manba: Twitter.com/barcatimes
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32250/+15)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)