"PSJ" hujumchisi Neymar FIFA 21 futbol simulyatori muqovasidan joy olishi mumkin. Bu haqda Areajugones xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi va EA Sports o'yini yaratuvchilari o'rtasida o'tgan yili shartnoma imzolangan. Unga ko'ra, Neymar o'tgan yili o'yin muqovasida chiqishi kerak edi. Ammo braziliyalik hujumchi nomusga tegishda ayblangani uchun kompaniya uning o'rniga Eden Azarni tanlagandi.
Ta'kidlanishicha, o'yin yaratuvchilari hamon Neymarni FIFAning yangi yuziga aylantirish istagida. EA bunga tayyor, ammo bitta sharti bor: Neymar "Barselona"ga o'tmasligi kerak. Buning sababi shundaki, "Barselona"ning homiysi FIFAning raqobatchisi bo'lmish Pro Evolution Soccer (PES) hisoblanadi. Agar Neymar Kataloniya klubiga o'tadigan bo'lsa, FIFA 21 muqovasini Kilian Mbappe egallaydi.
18-Iyun 2020,23:50