Stadion.uz“La Masiya” tarbiyalanuvchilari orasida transfer qiymati 30 milliondna ortiq bo'lganlari bilan tanishtirib o'tadi.
Lionel Messini ayni damda Transfermarket nashri 112 million evrorga baholamoqda. Leo klub akademiyasiga “ Nyuells Old Boyz” jamoasidan kelgani uchun, bugungi ro'yxatga qo'shilmadi. Bugungi kuda Kataloniya tarbalanuvchilari orasida eng qimmat futbolchi kim? Bugun ushbu savolga javob izlab ko'ramiz.
Dani Olmo – 31,5 million evro
Katalaniya klubi safida 2015 yilga qadar shug'ullangan bo'lsada, Dani uchun klub o'yin amaliyotini taqdim eta olmadi. Nochor qolgan futbolchi Xorvatiyaga yo'l oldi va uzoq muddat “Dinamo Zagreb” sharafini himoya qildi.
Mavsum boshida futbolchi Xorvatiyaning eng kuchli futbolchisiga aylangach, u bilan bir nechta top klublar qiziqish bildirdi. Ular orasida “Barselona” ham borligi tahsinga sazovor. Shunga qaramay, Olmo Kataloniyaga qaytishdan ko'ra “RB Leyptsig” bilan shartnoma imzolashni avzal ko'rdi. Ayni damda, jamoaning asosiy tarkib futbolchisi sanaladi.
Ektor Belerin – 32 million evro
Ektor Kataloniyani tark etganida, endigina 16 yoshdagi o'spirin edi. Yaxshiyam-ki, u “Arsenal” bilan shartnoma imzoladi. Aynan “kononirlar” uni super ijrochi darajasiga chiqishida katta rol o'ynagan.
Bugungi kunda futbolchi “Arsenal”ning eng tajribali futbolchilaridan biri. Uning aytishicha, qachonlardir baribir “Barselona” libosini kiyishiga ishonchi komil.
Andre Onana – 36 million evro
Onanani “Barselona” 5 yil avval arzimagan summa evaziga “Ayaks”ga qo'yib yuborgan edi. Endilikda, u sayyoramizning eng kuchli kipperlaridan biriga aylanib ulgurdi.
Yozda Andreaning Kataloniyaga qaytishi borasida mish-mishlar urchigan edi, biroq yakunda klub Ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirdi va Onanaga bo'lgan ehtiyoj yo'qoldi.
Ansu Fati – 36 million evro
Ansu 16 yoshida klub uchun debyut qildi va bir nechta rekordlarni o'rnatdi. Uning ishonchli o'yini sababli, klub Messisiz start olgan “La Liga" bahslarida o'zini yo'qotib qo'ygni yo'q.
Ayni damda, u dunyo futbolidagi eng iqtidorli o'psirinlardan biri sanaladi. Atigi 17 yoshida 36 million evroga baholangan fati uchun grand klublar 100 million evro to'lashga ham tayyor.
Serjio Roberto – 40 million evro
Roberto 2011-yilda “Barselona”da debyut qilgan edi. O'sha uchrashuvdan beri, u klubning asosiy tarkib futbolchisi bo'lib kelmoqda. O'zining universalligi bois, u maydondagi istalgan pozittsiyani berkitib yuborishga qodir.
Klub uchun 250 ta o'yinda maydonga tushgan Roberto 17 ta sovrinni boshu uzra ko'tardi. Klub uning hizmatlarini yuqori baholadi va 2024-yilga qadar shartnomani uzaytirdi.
Tiago – 48 million evro
Tiagoni futbolchi sifatida kashf etgan Pep Gvardiola uni o'zi bilan “Bavariya”ga olib ketdi. Pep Myunhenni tark etgach, Tiago klubda qoldi. Ayni damda, u sayyoramizning eng kuchli markaziy yarim himoyachilaridan biri sanaladi.
Bugungi kunda uning “Barselona”ga qaytishi borasida mish-mishlar tobora ko'paymoqda. Futbolchining o'zi ham “Nou Kamp”da to'p tepishga qarshi emas.
Mauro Ikardi – 60 million evro
Ikardi 18 yoshga to'lguniga qadar “Barselona” akademiyasida tarbiyalandi, biroq klub unga o'yin amaliyotini taqdim etmadi. Oqibatda, Mauro “Inter” safiga borib qo'shildi va jamoaning chinakam etakchisiga aylandi.
Uning hayotiga Vanda Nara kirib kelgach, “Inter”nit ark etishdan boshqa chora topa olmadi. Bugungi kunda PSJning asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. E'tiborlisi shundaki, terma jamoada to'p tepmasligiga qaramay u atigi bir mavsumda Parij klubining asosiy hujumchisiga aylanib oldi.
21-Iyun 2020,17:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0